Odamlar, bolalar zaharlanaversin Sog‘liqni saqlash vaziriga farqi yo‘q – Norboyeva

Jamiyat

image
Bosh prokuratura bolalarni zaharlash rejasini kim tuzganiga aniqlik kiritdi north_east

Bosh prokuratura bolalarni zaharlash rejasini kim tuzganiga aniqlik kiritdi

4 yashar qiz 4-qavatdan tushib ketmagan, tashlab yuborilgan – Bosh prokuratura north_east

4 yashar qiz 4-qavatdan tushib ketmagan, tashlab yuborilgan – Bosh prokuratura

Bugun, 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senati kengashining umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda na Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va na uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Senat raisi ushbu e’tiborsizlikni qattiq tanqid qilib, “Odamlar, bolalar zaharlanishaversin, bularga farqi yo‘q”, dedi deya yozmoqda O‘zA. 

Yig‘ilishda Senati tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida qator muammolar aniqlangani aytildi. Xususan, so‘nggi yillarda aholi o‘rtasida zaharlanish holatlari ko‘payib bormoqda.  2017-2019 yillar davomida 154 ta bunday holat qayd etilgan, natijada 1700 nafar fuqaro, shu jumladan 665 nafar bola jabrlangan. 15 kishi vafot etgan. Bunday holatlar asosan umumiy ovqatlanish korxonalarida, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qayd etilgan.

Ko‘p holatlarda bunga to‘yxona, oshxona, kafe, restoran va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya talablari loyihalari asosida qurilmaganligi sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini lozim darajada saqlash uchun sharoitlar mavjud emas,  maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarining jihozlanishi ham talablarga javob bermaydi.

Umumiy ovqatlanish xodimlari davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaydi, oshpaz va yordam beruvchi xodimlarning ovqat tayyorlash bo‘yicha texnologik talablar to‘g‘risida bilim va tushunchalari yo‘q.

O‘rganishlar davomida respublikaning 1533 ta maktabgacha ta’lim muassasasida tashib keltiriladigan ichimlik suvidan foydalanilishi aniqlangan. Bunda ularning ko‘p qismida tegishli gigiyenik suv idishlari o‘rnatilmagan. 5854 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonalarining moddiy-texnik bazasi holatini yaxshilash lozim, buning uchun 391 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. 

“Biz bugun juda dolzarb, kompleks yondashishimiz zarur bo‘lgan masala muhokamasida turibmiz. Ovqatdan zaharlanish, ommaviy zaharlanish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, ertamiz egalari bundan ko‘p aziyat chekmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun hujjatlari qanchalik ishlayapti, joylarda ayniqsa, ta’lim muassasalarida umumiy ovqatlanish qoidalariga amal qilinyaptimi, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetkazib berish tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan, bu savollarga aniq javob, muammolarga yechim topish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab ta’lim muassasalari o‘quvchilarida xronik kasalliklar bor. Bu sifatsiz, nosog‘lom ovqatlanish natijasida yuzaga keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra sog‘lom ovqatlanishning 12 ta prinsipi mavjud. Bizning mutaxassislarimiz, aynan ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xodimlari, oshpazlarning aksariyati afsuski bu borada umuman tushunchaga ega emas. Sog‘liqni saqlash tizimida ham sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, aholiga tushuntirish, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar umuman qoniqarsiz. Shunga qaramay bugungi majlisga na Sog‘liqni saqlash vaziri keldi, na vazir o‘rinbosari. Odamlar, bolalar zaharlaversin, bularga farqi yo‘q. Manfaatdor idoraning ushbu masalaga munosabati shumi?!”, deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

83

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing