Senat 2020 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi

Jamiyat

image
Deputatlar Hukumatga so‘zini o‘tkazdi north_east

Deputatlar Hukumatga so‘zini o‘tkazdi

Xabaringiz bor, bugun, 30 noyabr kuni Toshkent shaahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha tushuntirish berdi.

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun 5 bob va 28 moddadan iborat. 2020 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 131,1 trln so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 24,0 foizga ko‘p.

Senatorlar byudjet loyihasida mahalliy hokimlarga ko‘proq mustaqillik berish ko‘zda tutilganini ta’kidlab o‘tdi.

Muhokamalar yakunlangach, qonun loyihasi ovozga qo‘yildi va ma’qullandi. Endilikda qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tasdiqlashi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat byudjeti

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing