Deputatlar Hukumatga so‘zini o‘tkazdi
Jamiyat
−
21 noyabr 2019
11850Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqqani va tibbiyot, qurilish, transport, soliqqa tortish bilan bog‘liq masalalarda byudjet loyihasini “korrektirovka” qilishayotgani haqida xabar bergan edik. Agarda Hukumat deputatlarning talabiga rozi bo‘lmasa, Davlat byudjeti tasdiqlanmay qolish xavfi mavjud edi.
Bugun, 21 noyabr kuni Oliy Majlis quyi palatasi vakillarining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi uchinchi o‘qishda tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, loyihada deputatlarining taklif va etirozlari inobatga olingan. Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekiston tarixida ilk bor davlat byudjeti qonun sifatida qabul qilinyapti.
Ma’lumot uchun, noyabr oyining so‘nggi haftasida Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi