“Sen ruslarning qulisan”. TIV haqoratli video bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat’i nazar davlat himoyasida. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan video ortidan ana shunday bayonot bilan chiqdi. 

Ma’lumki, hafta boshida internetda Rossiyada mehnat migranti tahqirlangani, haqoratlangani aks etgan video tarqaldi. Unda fuqaro migrantni “sen ruslarning qulisan” deya haqorat qilgan va bir necha bor O‘zbekiston nomini tilga olgan. Shunga ko‘ra, haqoratlangan fuqaro o‘zbekistonlik ekani taxmin qilindi. Voqea Moskva viloyatining Ximki shahrida joylashgan “Solnechnaya sistema” nomli turarjoy majmuasida sodir bo‘lgani aytildi.

“Sen ruslarning qulisan” degan o‘ta tahqirli jumla hozircha bu suhbat bir millatchi va shovinistik ruhdagi rus hamda O‘zbeksitondan borgan mehnat muhojiri o‘rtasida kechganiga ishora qilmoqda. Bundan tashqari, “O‘zbekistonda hech narsa yo‘q bo‘lgani bois, bu yerga kelgansan” deb qayta-qayta aytilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu holatga nisbatan munosabat bildirgani yo‘q. Kecha, 27 avgust kuni ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida kechgan telefon suhbatida esa Baxtiyor Saidov Sergey Lavrovdan ushbu nomaqbul holat uchun izoh so‘ramadi va bu QALAMPIR.UZ e’tiroziga sabab bo‘ldi. 

Telefon suhbati va e’tirozli maqola ortidan O‘zbekiston tashqi siyosatiga mas’ul idora bayonot bilan chiqib, O‘zbekiston fuqarolari davlat himoyasi ostida ekanini eslatdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Konstitutsiyasi, milliy qonunlar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga asosan, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida bo‘lishidan qat’i nazar davlat himoyasida ekanini ta’kidlaydi. 

Agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari yoki qadr-qimmati xorijda buzilsa, ular darhol qabul qiluvchi davlatning vakolatli huquq-tartibot organlariga murojaat qilishlari zarur. Shuningdek, fuqarolar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga huquqiy va konsullik yordami so‘rab murojaat qilishi  mumkin”, deydi TIV. 

Shuningdek, TIV fuqarolarni xorijda himoya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi ekanini hamda bu mas’uliyat davlatning o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlari asosida amalga oshirilishini yana bir bor eslatib o‘tgan. 


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing