“Sen qahramonsan!”. Iste’foga chiqayotgan Jonson Zelenskiy bilan gaplashib oldi
Olam
−
07 iyul 2022
13574Bugun, 7 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Britaniya hukumati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Jonson Zelenskiyga Britaniya Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
“Bosh vazir bugun tushdan keyin Prezident Zelenskiy bilan gaplashib, Buyuk Britaniyaning Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Jonsonning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya zarur bo‘lgan vaqtgacha mudofaa yordamini Ukrainga yetkazib beradi. Kelgusi haftalarda g‘alla blokadasini tugatish uchun qilanayotgan ishlar ham davom etadi.
Shuningdek, Bosh vazir Prezident Zelenskiyga erkinlikni qo‘llayotgani, do‘stligi va Ukraina xalqining mehribonligi uchun minnatdorlik bildirgan.
“Prezident Zelenskiy ham Bosh vazirga Ukraina bo‘yicha qat’iy harakati uchun minnatdorlik bildirib, Ukraina xalqi Buyuk Britaniyaning sa’y-harakatlari uchun minnatdor ekanini aytdi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishincha, Bosh vazir suhbatni Prezident Zelenskiyni maqtash bilan yakunlagan: “Sen qahramonsan, seni hamma sevadi!”, degan u Zelenskiyga qarata.
Ma’lumot uchun, Jonson iste’fosi haqida e’lon qilar ekan, u ketgach ham Britaniya Ukrainaga yordam berishda davom etishini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi.
LiveBarchasi