“Selxoz”dagi yong‘in qayerdan chiqqani ma’lum qilindi (video)
3-sahifa
−
30 Sentabr
91345Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hududida yong‘in yuz berayotgani xabar qilingandi. Holatga Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent davlat agrar universiteti 28 gektar maydonni egallagan bo‘lib, universitet hududida bir qancha tashkilot va idoralar, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi, jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi ham universitetning bir qismida joylashgan.
“Universitet binolaridan birida sodir bo‘lgan deb ta’kidlanayotgan yong‘in aynan O‘rmon xo‘jaligi agentligi joylashgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Yong‘in sodir bo‘lgani taxminan 20:10 atrofida aniqlangan va shu zahoti FVV Yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgan. Yong‘in 21:36 da to‘liq qamrab olinib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
“Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.