Selchuk Bayroqdor Turkiya Prezidenti bo‘lishi mumkin — WSJ
Olam
−
31 mart
18330Turkiyaning Baykar texnologiya kompaniyasi boshqaruvi raisi va bosh texnologiya direktori, mamlakatning birinchi mahalliy uchuvchisiz jangovar havo apparati Bayraktar TB2 me’mori, Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdor Turkiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkin, ammo barchasi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar berdi.
Turkiyadagi eng mashhur jamoat arboblaridan biri bo‘lgan Bayroqdorning otasi O‘zdemir Bayroqdor bolaligidan Erdo‘g‘an bilan tanish bo‘lgan. Selchuk otasining vafotidan keyin akasi Haluk bilan birga Baykar shirkatini meros qilib olgan.
Nashrning bildirishicha, biznesmenning tarafdorlari uni Turkiya prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatishni ko‘rib chiqmoqda. Turkiya siyosati bo‘yicha ekspertlar WSJ nashriga Bayroqdor keyingi Prezident bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan.
Bayroqdor 2023 yilda "The Wall Steat Journal" gazetasiga bergan intervyusida siyosat bilan shug‘ullanish niyati yo‘qligini, biroq Turkiya Prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an uzoq yillik hokimiyatdan so‘ng, 2028 yilda yangi prezidentlik muddatiga da’vogarlik qilmasligini ma’lum qilgan edi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayotgan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov bo‘ladi.
LiveBarchasi