Sexudo Volkanovskiga “tosh otdi”
Sport
−
29 aprel 2023
4158Amerikalik UFC jangchisi, ikki vazn toifasida sobiq chempion Genri Sexudo yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Hozir yengil vazn toifasida chempion avstraliyalik Aleks Volkanovski hisoblanadi. UFC 290 musobaqasida u Yair Rodrigesga qarshi o‘z kamarini himoya qiladi.
“Ha, men sendan pastroq o‘rindaman, lekin men sendan tezkor, tajribaliman. Vaqti kelsa, o‘zing ko‘rasan. Mening yangi versiyam bilan tanishasan. Seni mag‘lub etish uchun menda hamma narsa bor. G‘alaba qozonishda davom et va kamaringga e’tiborli bo‘l, chunki tez orada u meniki bo‘ladi”, deydi Sexudo.
Genri Sexudo 3 yildan so‘ng 6 may kuni UFC 288 musobaqasida oktagonga qaytadi. Uning raqibi yengil vazn toifasida amaldagi chempion Aljameyn Sterling bo‘ladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15