Volkanovski Makgregor bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Avstraliyalik UFC jangchisi, yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Volkanovski irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqmoqchi. Bu haqda Volkanovski “MMAJunkie”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men uchun Konor Makgregor haqida gapirish juda oson. Avvalo men mag‘lub etgan chempionlarni eslash kerak. Yengil vazn toifasidagi barcha chempionlarni mag‘lub etdim. Men yengil vaznda jang qilmagan yagona chempion bu Konor Makgregor. U o‘z vaqtida ushbu vaznda eng yaxshi jangchilardan biri bo‘lgan. Ishonchim komilki, hozir hamma men va Konor o‘rtasidagi jangni ko‘rishni xohlayapti. Agar biz to‘qnashuvni tashkil qila olsak, bu UFC tarixidagi o‘ziga xos jang bo‘lardi”, deydi Volkanovski.

Ma’lumot uchun, Aleks Volkanovski UFC'da umumiy 25 ta jang o‘tkazib, bahslarning 23 tasida g‘alabaga erishgan. 2 ta jangda esa Aleks raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Konor esa 28 marta oktagonga chiqib, 22 ta bahsda g‘alaba erishgan, 6 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda UFC 229 da Habib bilan jangdan keyin Konor Makgregorning kiyinish xonasidan olingan tasvirlari paydo bo‘lgandi. Videoda Makgregorni juda tushkun holatda ko‘rish mumkin. U, hatto, his-tuyg‘ularini jilovlay olmagan va ko‘zlarida yosh aylangan. O‘shanda bu irlandiyalik sportchi faoliyatidagi katta qulash edi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Aleks Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing