Volkanovski Makgregor bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni va pound-for-pound reytingi yetakchisi avstraliyalik Aleks Volkanovski ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotning ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregorga murojaat qildi.

U 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan UFC 300 yubiley turnirida irlandiyalik sportchi bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.

“Kel, bu jangni UFC 300 da o‘tkazaylik”, degan Volkanovski.

Ta’kidlash joiz, Makgregor 2021 yil iyul oyida UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Porega texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lganidan beri jang qilgani yo‘q. Irlandiyalik sportchi navbatdagi jangida amerikalik Maykl Chandlerga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Dastin Por'e Aleks Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing