Tayson blogerga qarshi jangdan 20 million dollar ishlab topadi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo afsonaviy amerikalik bokschi Mayk Tayson va professional boks janglarida ishtirok etayotgan videobloger Jeyk Pol o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men Maykni hurmat qilaman, ammo tango uchun ikki kishi kerak bo‘ladi. Menimcha, Tayson juda yaxshi summa ishlab oladi. 57 yoshli Maykka bu shou uchun 20 million dollarga yaqin to‘lashadi, deydi Sexudo “Give me Sport” podkastida.

Ma’lumot uchun, Tayson va Pol o‘rtasidagi jang shu yil 20 iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jang tez orada rasman e’lon qilinadi. “Temir” Mayk hozirda 57 yoshda. Bloger Jeyk Pol esa 27 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Genri Sexudo Jeyk Pol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing