“Sehrli 13”. O‘zbekistonga omadli kelgan raqam bo‘yicha faktlar 

Sport

image

Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan XXXIII Olimpiada va XVII Paralimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 13 raqami bilan bog‘liq bir qator ko‘rsatkichlar qayd etdi.

Jumladan, ham Olimpiya, ham Paralimpiya delegatsiyasi bahslarda umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi. Olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar jami 13 ta medal to‘pladi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik ayol sportchilar soni 13 nafarni tashkil etdi. Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan erkak sportchilar soni ham 13 nafar bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham 13 raqami O‘zbekistonga yoqayotganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing