Saylovchilar saylov byulletenlarida nimalarga e’tibor berishi kerak?

Jamiyat

image

Ko‘pchilik saylov byulletenlari kim tomonidan tayyorlanishi, unga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat ekaniga qiziqadi. Mazkur materialda u qanday tayyorlanadi? Unda har bir fuqaro manfaati hisobga olinganmi va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tganmiz.

Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.

Saylov byulletenlari Brayl alifbosi asosida tayyorlanishi mumkin. Bu alifbo ko‘zi ojizlar uchun bo‘lib, unga asli fransiyalik bo‘lgan Lui Brayl tomonidan asos solingan.

Saylov byulletenlari kim tomonidan tayyorlanadi va yetkazib beriladi?

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini okrug va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni uchastka bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulleteni o‘ng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Saylov

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing