Saylov natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan 7 yil muddatga saylandi.

Shuningdek:

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov – 4,02 foiz;

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Anvarovna Mahmudova – 4,43 foiz; 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev – 3,74 foiz ovozga ega bo‘lgan.

Prezident saylovida 15,6 mln kishi, ya’ni saylovchilarning 79 foizi ovoz berdi.

Haqiqiy emas deb topilgan ovozlar soni 117 889 yoki 0,76 foizni tashkil qildi. 

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing