Sautgeyt “uch sherlar” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi

Sport

image

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt shartnomasini 2024 yilning dekabriga qadar uzaytirdi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.

Sautgeytning federatsiya bilan avvalgi shartnomasi 2022 yilning dekabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalidan so‘ng yakuniga yetar edi, biroq amaldagi bosh murabbiy va uning yordamchisi Stiv Xoland yana uch yil terma jamoani boshqaradi.

Anglashiladiki, favqulodda holat yuz bermasa, Sautgeyt “uch sherlar”ni Yevro-2024 turnirida ham boshqaradi.

“Men va Stiv Xoland shartnomani uzaytira olganimizdan xursandman. Bu jamoani boshqarish men uchun sharaf. Fursatdan foydalanib, bosh direktor Mark Bullingem, texnik direktor Jon MakDermotga qo‘llab-quvvatlaganlari va, albatta, futbolchilarimga mehnatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Bu muxlislarimizga nimalarga erisha olishimizni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi Sautgeyt.

Ma’lumot uchun, Sautgeyt 2016 yilda Sem Ellardays iste’foga chiqarilganidan so‘ng Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagan va shundan buyon “uch sherlar”ni JCH-2018 yarim finali va Yevro-2020 finaliga qadar olib chiqdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Evro-2020 JCh-2018 Garet Sautgeyt Stiv Xoland

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing