Saudiyaning “uxlayotgan shahzoda”si vafot etdi

Olam

image

Saudiya Arabistonining “uxlayotgan shahzoda”si sifatida tanilgan shahzoda Al-Valid bin Xolid bin Talal Ol Saud 20 yillik koma holatidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda uning otasi, shahzoda Xolid bin Talal bin Abdulaziz X sahifasida ma’lum qildi.

Shahzoda 36 yoshda edi. 2005 yilda u Londonda harbiy kollejda tahsil olayotgan paytda avtohalokatga uchragan. Oqibatda uning miyasiga qon quyilgan. O‘shandan beri u komada edi va Ar-Riyoddagi Qirol Abdulaziz tibbiyot markaziga yotqizilgandi, u yerda shifokorlarning doimiy kuzatuvida bo‘lgan.

Shahzoda Al-Validning otasi, biznesmen shahzoda Al-Valid bin Talal bin Abdulaziz Al Saudning ukasi, o‘g‘lining bir kun kelib to‘liq tuzalib ketishiga umidini yo‘qotmagan. Uning otasi shahzoda Xolid bin Talal bin Abdulaziz o‘g‘lini hayot ta’minotidan olib qo‘yishga qarshi kurashdi. Yillar davomida uning davolanishiga xorijlik shifokorlar, jumladan, AQSH va Ispaniyadan mutaxassislar jalb qilingan. Bu harakatlarga qaramay, u hech qachon o‘ziga kelolmadi.

Shahzoda uchun janoza namozi Ar-Riyoddagi Imom Turkiy bin Abdulloh masjidida o‘qilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Al-Valid uxlayotgan shahzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing