Saudiyadagi eng yirik neft zavodiga Isroil zarba bergan, Eron emas – OAV

Olam

image

Isroil Saudiya Arabistonidagi Ras-Tanura shahrida joylashgan Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga (NQIZ) qarashli qilingan hujum ortida turgan. Bu haqda Eronning “Tasnim” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni neft obektlari Eron hujumlarining nishonlari qatoriga kirmagan.

Agentlik manbasining ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonining Ras-Tanura hududidagi neft zavodiga dron qoldiqlari tushishi oqibatida yong‘in chiqqan, biroq hech kim jabrlanmagan va bu hodisa neft ta’minotiga ta’sir qilmagan.

Manbaning fikricha, hujum “soxta bayroq” ostida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin va uning maqsadi Eronga qarshi harbiy operatsiyalar va fuqarolik obektlariga qilingan zarbalardan e’tiborni chalg‘itishdir.

Shuningdek, agentlik razvedka ma’lumotlariga tayanib, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Fujeyra porti ham Isroil operatsiyasining keyingi nishonlaridan biri bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 mart kuni Saudiya Arabistonidagi Ras-Tanura shahrida joylashgan Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga (NQIZ) zarba berilgandi. Bu ish Eron droni tomonidan amalga oshirilgani iddao qilingan.

Saudi Aramco – Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi bo‘lib, dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Kompaniya Saudiya byudjeti daromadlarining 80 foizigacha manba bo‘lib xizmat qiladi. Uning bosh qarorgohi Dahronda joylashgan. “Forbes Global 2000” ro‘yxatida u dunyoning eng yirik kompaniyalari orasida beshinchi o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudi Aramco Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing