Saudiyada baxtiyorman – Ronaldu

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonidagi hayoti va “Al-Nasr”dagi o‘yinlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Futbol yulduzining so‘zlariga ko‘ra, u Saudiyada o‘ynayotganidan va bu jamoa vakili bo‘lganidan baxtiyor.

“Men Saudiya Arabistonida bo‘lganimdan baxtiyorman. “Al-Nasr” sharafini himoya qilganimdan xursandman va menimcha mavsum biz uchun ijobiy o‘tmoqda, chunki hozirga kelib bizda barcha turnirlarda g‘olib bo‘lish imkoniyati mavjud”, deydi Krishtianu Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2022 yilning 30 dekabr kuni Saudiyaning “Al-Nasr” klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023 yil 9 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turi doirasidagi “Al-Vahda” klubiga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urib, 2019 yildan beri ilk pokeriga erishdi. Joriy mavsumda Krishtianu Saudiya terma jamoasi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronaldu “Al-Nasr” bilan birga OCHLda “Al-Ayn” jamoasiga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Javob uchrashuvi bugun, 11 mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing