Saudiya valiahdi terma futbolchilariga qimmatbaho mashina sovg‘a qilmoqchi

Sport

image

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining ilk turida Argentinani mag‘lub etgan mamlakat terma jamoasi futbolchilariga qimmatbaho mashina sovg‘a qilmoqchi.

Saudiya Arabistoni 22 noyabr kuni Argentinani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va JCHdagi eng katta sensatsiyalardan birini amalga oshirdi. Saudiya Arabistoni shahzodasi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan mamlakat terma jamoasining har bir futbolchisiga 450 ming dollarlik yangi Rolls Royce Phantom sovg‘a qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, avvalroq, Saudiya Arabistonida Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga 23 noyabr milliy bayram sifatida nishonlanishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Qatar2022

Baholaganlar

733

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing