Saudiya shahzodasi Arabiston Eron bilan yarashishga tayyorligini ma’lum qildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni qo‘shni Eron bilan konstruktiv munosabatlarga sodiqdir. Bu haqda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Saudiya televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Valiahd shahzodaning aytishicha, Ar-Riyod Eronga farovonlik tilaydi va mamlakatlarning o‘zaro manfaatlar asosida ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirish tarafdoridir.

Biroq, Muhammad bin Salmonning so‘zlariga ko‘ra, Tehron bilan munosabatlardagi Eron yadro dasturi, “mintaqaning bir qator mamlakatlarida noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan” Tehronning qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek Eronda ishlab chiqarilgan ballistik raketalarni yaratish kabi muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

“Saudiya Arabistoni sheriklari bilan muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda va barcha mamlakatlar bilan ijobiy hamda konstruktiv aloqalar o‘rnatishga umid qilmoqda”, deydi valiahd shahzoda

Bundan tashqari, valiahd shahzoda Ar-Riyod qirollikning janubiy chegaralari yaqinida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yamanning “Ansarulloh” isyonchilari qabul qilinmasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni va Eron rasmiylari munosabatlarni tiklash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda bo‘lib turgani haqida xabar berilgandi.

Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlari

Ar-Riyod va Tehron o‘rtasidagi ziddiyatlarning yana bir inqirozi, 2012 yilda hibsga olingan Oyatulloh Nimr an-Nimrning 2016 yil 2 yanvarda Saudiya Arabistonida qatl etilganidan keyin paydo bo‘ldi. U Al-Saud rejimini tanqid qilgan va diniy ozchiliklar huquqlariga rioya qilishga hamda qirollikda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishga chaqirgan shialar ilohiyotchisi edi.

Xuddi shu kuni kechqurun, ulamoning qatl qilinishidan g‘azablangan eronlik namoyishchilar olomoni Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi va Mashhaddagi konsulligi hududiga bostirib kirdi. Bunga javoban, Ar-Riyod 3 yanvar kuni Tehron bilan munosabatlarni to‘xtatdi. Saudiya Arabistonini Bahrayn, Sudan va Jibuti ham qo‘llab-quvvatladi. O‘z navbatida, BAA diplomatik vakolat darajasini pasaytirdi, Quvayt va Qatar o‘z elchilarini chaqirib oldi.

Yamanda Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mamlakat rasmiylari va Eron har tomonlama yordam ko‘rsatib kelayotgan hutiylar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2014 yil avgustidan beri to‘xtamayapti. 2015 yil 26 martdan boshlab, Yaman Prezidentining iltimosiga binoan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari Havo kuchlari ko‘magi orqali isyonchilarga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Misr, Iordaniya, Marokash va Sudan ham koalitsiyaga qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing