Saudiya podshohiga yana pnevmoniya tashxisi qo‘yildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud pnevmoniya tufayli tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda Saudiyaning SPA davlat agentligi xabar berdi.

"Podshohlik shifoxonasi tavsiyasiga ko‘ra, podshoh pnevmoniya bilan bog‘liq ba’zi tibbiy ko‘riklardan o‘tadi", deyiladi monarx idorasi bayonotida.

88 yoshli monarxga so‘nggi olti oy ichida ikkinchi marta pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Avvalroq podshoh pnevmoniya bilan 2024 yilning may oyida kasallangan edi. Salmon bin Abdulaziz Ol Saud may oyida ham xuddi shunday tekshiruvdan o‘tgan edi. O‘shanda ham shifokorlar unga pnevmoniya tashxisini qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Salmon bin Abdulaziz Al Saud podshoh Abdulaziz Al Saudning 25-o‘g‘li. U 2011 yil noyabr oyida Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri etib tayinlandi. U 2015 yilning yanvarida taxtga o‘tirdi. Buyuk Britaniya qirolichasi 96 yoshli Yelizaveta II vafotidan keyin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud dunyodagi eng keksa monarxga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing