Saudiya Arabistoni podshohi pnevmoniyaga chalindi

Olam

image

Saudiya Arabistoni qiroli, 88 yoshli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud pnevmoniya bilan kasallangan va shuning uchun Jiddadagi Al-Salom saroyidagi ixtisoslashtirilgan klinikada antibiotiklar bilan davolanadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi tarqatgan qirollik idorasi bayonotida aytiladi.

Kecha, 19 may kuni 88 yoshli monarx Al-Salom saroyida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Podshoh isitma va bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Tekshiruvdan so‘ng Saudiya monarxining sog‘lig‘ini kuzatuvchi tibbiy guruh uni davolanish muddati davomida shifoxonaga yotqizishga qaror qildi.

24 aprel kuni Salmon bin Abdulaziz Ol Saud rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga yotqizilgan edi. O‘sha kuni idora qirolning sog‘lig‘i xavf ostida emasligini ma’lum qildi, shuning uchun u tekshiruv o‘tkazilgan klinikani tark etdi.

Ma’lumot uchun, Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Saudiya Arabistoni rahbariyatini 2015 yilning yanvarida qabul qilib olgan. Uning o‘g‘li va valiahd shahzoda, 38 yoshli Muhammad bin Salmon Ol Saud uzoq vaqtdan beri mamlakatdagi kundalik ishlarning aksariyat qismini boshqarib keladi.

2022 yil sentyabr oyida Buyuk Britaniya qirolichasi 96 yoshli Yelizaveta II vafot etishi bilan qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud dunyodagi eng keksa monarxga aylandi. Dekabr oyida u 89 yoshga to‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing