Saudiya ligasi kuchayib bormoqda – Ronaldu

Sport

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni ligasi dunyodagi eng kuchli chempionatlardan biriga aylanishiga ishonmoqda.

Kecha, 23 may kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Al-Nasr” o‘z maydonida “Ash-Shabab”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Krishtianu Ronaldu jamoasining 3-golini kiritib, bahsdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Saudiya ligasi kuchayib bormoqda, kelasi yili u yanada yaxshi ko‘rinishda bo‘ladi. Bosqichma-bosqich dunyoning kuchli besh ligasidan biriga aylanadi. Lekin bizga vaqt, futbolchilar, infratuzilma kerak. Biroq men ishonamanki, bu mamlakatda ajoyib salohiyat, ajoyib odamlar bor”, deydi Ronaldu.

28 ta turdan keyin “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni turnir jadvalida 63 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda. 66 ochko to‘plagan “Al-Ittihod” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing