Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda 3 ta energetika ob’ekti quradi

Jamiyat

image
Yo  tarmoqni botqoqlikdan olib chiqamiz, yo... - Prezident neft-gaz sohasida yig‘ilish o‘tkazdi north_east

Yo tarmoqni botqoqlikdan olib chiqamiz, yo... - Prezident neft-gaz sohasida yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston yangi elektr energiyasi bozori modeliga o‘tadi north_east

O‘zbekiston yangi elektr energiyasi bozori modeliga o‘tadi

Joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov “ACWA POWER” kompaniyasi Boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Muzokaralar davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va kelgusi hamkorlik istiqbollar muhokama qilindi. 

Energetika vazirligi tomonidan “ACWA POWER” kompaniyasi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 1250 MVt ga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini (BGQ) barpo etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Tomonlar o‘rtasida 2019 yil 20-21 sentyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Energetika investitsiyaviy forumi doirasida Loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mavjud Sirdaryo IES yonida har birining ikkita bug‘-gaz qurilmasi bo‘lgan ikkita elektr stansiyani (jami 4 BGH, har birining quvvati 650–700 MVt) qurish to‘g‘risidagi topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda. 

Loyiha doirasida “ASWA Power” kompaniyasi qiymati 1 mlrd dollarga teng to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga (hisob-kitoblarga ko‘ra) ikkita BGQ ni loyihalashtirish, yetkazib berish va qurilishini ta’minlaydi.

Bunda investor tomonidan FIK 60 foizdan yuqori bo‘lgan BGQ ning eng so‘nggi modellaridan foydalaniladi, ular yiliga 10,0 mlrd kVtga yaqin elektr energiyani ishlab chiqaradi. 

Bug‘-gaz qurilmalarini joylashtirish uchun Energetika vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Boyovut tumanida va Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida maydonchalar aniqlangan.  

Hozirgi paytda vazirliklar va idoralar tomonidan birga ishlab chiqilgan Investitsiyaviy bitim va Elektr energiyani xarid qilish to‘g‘risidagi bitim loyihalari yakunlanish bosqichida. 

Ayni paytda, “ACWA Power” kompaniyasi bilan birga Navoiy viloyatida DXSH shartlari asosida quvvati 500 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitimni imzolashga doir tadbirlar amalga oshirilmoqda (2022 yilda ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda).

Mazkur loyiha bo‘yicha qurilish uchun salohiyatli maydonchalarni aniqlashga oid va boshqa zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar bosqichlarini belgilangan ishlar jadvaliga muvofiq amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 

Shu bilan birga, tomonlar Respublikaning Sirdaryo viloyatidagi texnikum negizida birgalikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolash haqida kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

energetika ACWA POWER

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing