Saudiya klubi “Manchester Siti” a’zosi uchun 70 million yevro bermoqchi
Sport
−
11 iyul 2023
2649Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Manchester Siti”ga portugaliyalik futbolchi Bernardu Silva transferi bo‘yicha taklif yubordi. Bu haqda CBS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi “shaharliklar”ga Bernardu uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. 28 yoshli yarim himoyachiga yiliga 50 million yevro maosh taklif qilinadi – bu uning “Manchester Siti”da oladigan maoshidan ancha ko‘p.
Ayni damda Bernardu faoliyatini davom ettirish uchun yana bir nechta variantlar bor. Portugaliyalik futbolchiga “Al-Hilol”dan tashqari PSJ va “Barselona” qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida “Manchester Siti” futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor.
Bernardu ham faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida, ammo Saudiya Arabiston jamoalari tomonidan taklif qilinayotgan katta summalar uni Osiyoga yo‘l olishini ta’minlashi mumkin.
Silva o‘tgan mavsum Angliya chempionatida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Man Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Bernarduning qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.