Portugaliya terma jamoasining yangi sardori kimligi ma’lum böldi
Sport
−
18:14 995 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyaçisi Bernardu Silva Kriştianu Ronaldudan keyin terma jamoaning yangi sardori böladi. Bu haqda “Notícias ao Minuto” naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Kriştianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan söng 32 yoşli Bernardu Silva Portugaliya terma jamoasining yangi sardoriga aylandi. U milliy jamoa safida 115 ta uçraşuvda maydonga tuşgan. Sardorlar röyxatida undan keyin Brunu Fernandeş (97 ta öyin) va Ruben Diaş (84 ta öyin) turibdi.
Sardorlar safidagi navbatdagi futbolçi esa himoyaçi Joau Kanselu bölib, u Portugaliya terma jamoasi libosida 77 ta uçraşuvda iştirok etgan.
Ma’lumot uçun, Ronaldu terma jamoa safida 234 ta uçraşuv ötkazib, 146 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan birgalikda Yevro-2016, şuningdek, 2019 va 2025 yillarda Millatlar ligasida ğolib çiqqan. Bundan taşqari, Yevro-2004 musobaqasida finalga qadar yetib borgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi