Saudiya klubi Lautaro Martinesga 60 million yevro maosh taklif qildi

Sport

image

Argentinalik futbolchi Lautaro Martines faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “TyC Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klublaridan biri allaqachon futbolchining agentiga taklif yuborgan. Hujumchi bilan 4 yillik shartnoma imzolanishi mumkin. Agar Lautaro Saudiya klubi taklifiga rozi bo‘lsa, mavsumiga 60 million yevro maosh oladi.

Argentinalik futbolchi hozircha faoliyatini Yaqin Sharq ligasida davom ettirish niyatida emas, shuning uchun saudiyaliklar hali “Inter” bilan muzokara olib bormayapti.

Lautaro o‘tgan mavsumda A Seriyada 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 85 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Lautaro Martines

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made