Saudiya xorijliklar uchun Haj ziyoratini bekor qildi
Olam
−
23 iyun 2020
6919Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi sabab joriy yilda xorijliklarning Makka va Madinada Haj ziyoratini amalga oshirishiga ruxsat bermadi. Haj ziyoratini qirollikda bo‘lib turgan cheklangan miqdordagi musulmonlar amalga oshiradi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Haj va Umra bo‘yicha vazirligi ma’lum qildi.
“Koronavirus pandemiyasi va bu virusning ko‘p sonli odamlar to‘planganida keltirib chiqaruvchi xavfini inobatga olib, musulmon kalendari bo‘yicha 1441 yilda Haj qirollikda bo‘lib turgan cheklangan miqdordagi turli millat vakillari ishtirokida amalga oshiriladi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Makka hududi koronavirus bilan kasallanganlar soni ortib borayotgani sababli hamon mustaqil harakatlanish uchun yopiq.
Saudiya Arabistoni arab davlatlari orasida koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 161 mingdan ortiq odamda virus aniqlangan. Pandemiya boshlangandan beri 1 307 kishi vafot etgan va 105 ming kishi sog‘aygan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni hukumati koronovirus pandemiyasi tufayli joriy yilning fevral oyi oxirlarida Umra ziyoratchilarini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ydi. O‘zbekiston aprel oyida Haj ziyoratiga tayyorgarlikni to‘xtatgandi.
LiveBarchasi