Saudiya Arabistoniga kirishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
Olam
−
03 yanvar 2021
6138Saudiya Arabistoni podshohligi koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lishi munosabati bilan yopib qo‘ygan chegaralarini ochdi. Bu haqda SPA xabar berdi.
Xorijliklar ikki haftadan ortiqroq vaqt davomida Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika Respublikasi va koronavirusning yuqumliroq yangi turi tarqalayotgan boshqa davlatlarda bo‘lmagan bo‘lsalar, Saudiya Arabistoniga kiritiladilar. Bundan tashqari, koronavirusga manfiy test natijasini taqdim qilish va xorijlik qaysi davlatdan kelayotganiga ko‘ra 3 kundan 14 kungacha karantinda qolishi kerak bo‘ladi.
Podshohlik Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi shtammi 70 foizga yuqumliroq ekanini e’lon qilganidan keyin o‘z chegaralarini yopishga qaror qilgandi.
Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi.
Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.
LiveBarchasi