Saudiya Arabistonida yo‘l va mashinalarsiz shahar quriladi 

Olam

image

2021 yilning birinchi yarmida Saudiya Arabistonida ekologik jihatdan toza, hech qanday yo‘llari va mashinalari bo‘lmagan The   Line shahri qurilishi boshlanadi. 

Konsepsiyaga ko‘ra, kelajakdagi shaharda millionga yaqin odam yashashi mumkin bo‘ladi. Unda odamlar faqatgina tezyurar poyezdlarda harakatlanadi. 

Ta’kidlanishicha, shaharning bir chetidan ikkinchi chetigacha bo‘lgan yo‘l 20 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi. 

Shahar to‘liq qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ta’minlanadi. E’tiborni oluvchi yana bir jihat – ushbu shahar uch qismdan iborat bo‘ladi.

Ulardan eng yuqori qismi aholi uchun, ikkinchi qismi infratuzilmaga xizmat qilish uchun, uchinchisi sun’iy intellekt bilan boshqariladigan ultra yuqori tezlikda transport uzatish uchun moslashtiriladi. 

Ma’lumot o‘rnida, loyihani amalga oshirish uchun 500 milliard dollar sarflanadi. 2030 yilga kelib The Line'da 380 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

285

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing