Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi koronavirusga qarshi emlandi
Olam
−
26 dekabr 2020
3465Kecha, 25 dekabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Bu haqda SPA xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, shahzoda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan aholini koronavirusga qarshi emlash milliy rejasi doirasida emlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 362 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. 353 ming kishi sog‘aygan. 6 ming 168 nafar bemor virus oqibatida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning saylangan Prezidenti Jozef Bayden ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar