Saudiya Arabistoni va Rossiya munosabatlari yomonlashdimi? Shahzoda izoh berdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri, shahzoda Abdul Aziz bin Salmon Al Saud Rossiya va qirollik o‘rtasida “ajralish” rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Bloomberg” ma’lum qilmoqda.

Uning ta’kidlashicha, amalga oshirilmagan OPEK + bitimi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashganidan dalolat bermaydi.

"Men buni yoqimsiz holat deb atamagan bo‘lardim. Har bir oilada bo‘lgani kabi, biz ham ba’zan kelishmovchiliklarga duch kelamiz ”, dedi Saudiya shahzodasi.

Shuningdek, u bunday murakkab vaziyatlarni hal qilish muloqotni yanada kuchaytiradi, deya qo‘shimcha qildi.

Neft bozordagi tebranishlar 6 mart kuni, OPEK + majlisi ishtirokchilari bitta qarorga kelolmagan paytdan boshlandi. Rossiya 2020 yilning ikkinchi choragida neft qazib olishni 1,5 million barrel / s ga kamaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlamadi. Bitim muvaffaqiyatsiz tugagandan so‘ng, neft narxi 30 foizga tushdi.

Biroq 12 aprel kuni OPEK + iqtisodiyot vazirlari 2020 yil may-iyun oylarida neft qazib olishni qisqartirishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing