Saudiya Arabistoni Umra ziyoratiga viza berish boshlanganini e’lon qildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi joriy yilning 3 iyul kunidan boshlab umra ziyoratlari uchun elektron vizalar berish boshlanganini bildirdi. 

Haj va Umra vazirligining muqaddas yerlarni ziyorat qiluvchi musulmonlar sonini ko‘paytirish borasidagi sa’y-harakatlariga e’tibor qaratilayotgan xabarda, Ziyoratga nomzodlar va umra ziyoratchilarining ishini yengillashtirish maqsadida joriy etilgan “Nusuk” ilovasi orqali elektron vizaga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.

Qayd etilishicha, Makkaga umra ziyoratini qilish va Madinadagi Masjid an-Nabaviyni ziyorat qilish uchun barcha davlatlardan murojaat qilish, umra vizasi olgan ziyoratchilar muqaddas ziyoratni joriy yilning 19 iyulidan amalga oshirishlari mumkin. 

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi bu yil 150 davlatdan 1 million 845 ming kishi ziyoratga borganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Umra ziyorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made