Saudiya Arabistoni “omicron” tufayli Umra uchun shartlarni o‘zgartirdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra safariga yo‘l ochilishi mumkin north_east

O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra safariga yo‘l ochilishi mumkin

Saudiya Arabistoni koronavirus infeksiyasining “omicron” shtammi tarqalishi munosabati bilan kichik haj (Umra) ziyoratini ado etish shartlarini o‘zgartirdi. Bu haqda “Al-Jazeera” Saudiya hukumatining Haj va Umra ishlari vazirligiga tayanib xabar berdi.

Telekanalning xabar berishicha, Umra ziyoratini ado etish uchun ziyoratchilar qirollikda tasdiqlangan COVID-19 ga qarshi ikki komponentli vaksina bilan emlangan bo‘lishi kerak. JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan emlangan, ammo qirollikning dori vositalari ro‘yxatida bo‘lmagan ziyoratchilar karantindan uch kunlik karantindan o‘tishlari va izolyatsidan 48 soat o‘tgach salbiy PZR testini topshirishi kerak.

Vazirlik qaroriga ko‘ra, ziyoratchilarning qirollikda qolish muddati 30 kungacha oshirildi. Avvalroq xorijliklarga kichik haj ziyoratini ado etish vaqtida mamlakatda 10 kun qolishiga ruxsat berilgan edi. Shuningdek, Umra ziyoratiga faqat 18 yoshga to‘lgan shaxslarga ruxsat etilishi qayd etilgan.

Vazirlikning tushuntirishicha, xorijdan kelayotgan ziyoratchilar uchun yangi shartlarning joriy etilishi mamlakatda koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangan birinchi holat aniqlangani bilan bog‘liq. Biroq Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd al-Jalajil “qirollik dunyodagi vaziyatning rivojlanishini kuzatishda davom etishini” aytib, barcha ziyoratchilarni “xavfsizlik choralari va cheklovchi qoidalarga rioya qilishga” chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Umra omikron

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing