Saudiya Arabistoni neft bozorida yangi urush boshlash bilan tahdid qildi
Olam
−
02 iyul 2020
5922Saudiya Arabistoni agar OPEKning boshqa a’zolari ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha bergan va’dalariga amal qilmasa, neft bozorida yangi narxlar urushini boshlash bilan tahdid qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri OPEK mamlakatlari muzokaralari ishtirokchilariga tayanib xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon yaqinda Angola va Nigeriyaga neft qazib olishni yanada qisqartirish rejalarini batafsil tasdiqlashni talab qilib, ultimatum qo‘ydi.
Ushbu ikki mamlakat delegatsiyalari 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan OPEK videokonferensiyasida aniq raqamlarni taqdim eta olmaganlaridan so‘ng, Saudiya Arabistoni Angola va Nigeriya iqtisodiyotiga zarar keltiradigan arzonlashtirilgan narxda yana neft sotishni boshlashga tayyorligini bildirdi.
"Biz sizning mijozlaringiz kimligini bilamiz", degan Saudiya Arabistoni vaziri.
OPEK va Rossiya ishlab chiqarish masalasida kelisha olmaganidan keyin, bu yil neft narxi jiddiy pasayishni boshdan kechirdi. Natijada, Saudiya Arabistoni mart oyining boshida, aksincha, ishlab chiqarish darajasini oshirishga va shu bilan neft narxlarini pasaytirishga va’da bergan edi.
LiveBarchasi