Saudiya Arabistoni Qiroli favqulodda shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Bugun, 20 iyul kuni Saudiya Arabistoni Qiroli 84 yoshli Salmon bin Abdul Aziz o‘t pufagidagi yallig‘lanish sababli Ar-Riyoddagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Saudi Press Agency” xabar berdi.

Salmon bin Abdul Aziz kechasi shifoxonaga yotqizilgan. Qirol soat 4:36 da favqulodda tarzda shifoxonaga olib kelingan.

Qirol Faysal nomidagi shifoxonaga olib borilgan 84 yoshli Salmon bin Abdul Aziz tibbiy ko‘rikdan o‘tganida uning o‘t pufagi yallig‘langani ma’lum bo‘lgan. U kamida bir hafta shifoxonada qoladi. Uning ahvol haqida boshqa ma’lumot yo‘q.

Qirol Salmon bin Abdul Aziz dunyoning eng yirik neft eksport qiluvchi davlatning monarxi hisoblanadi. U taxtga 2015 yilda o‘tirgan. Ammo so‘nggi yillarda davlat ishlarini asosan uning o‘g‘li, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon yuritadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdul Aziz

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing