Saudiya Arabistoni qirg‘oqlarida neft tankeri portladi

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda bandargohi yo‘lidagi savdo kemasida portlash yuz berdi. Bu haqda dengizdagi voqealarni real vaqtda kuzatib boradigan “Dryad Global” portali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tankerlardan biri noma’lum tashqi manbadan zarar ko‘rgan, oqibatda portlash va yong‘in kelib chiqqan. Gap 2008 yilda ishlab chiqarilgan “BW Rhine” tankeri haqida ketmoqda, voqea 14 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da sodir bo‘lgan. “Xafniya” kemasi kapitani zudlik bilan barcha operatsiyalarni to‘xtatganini, ekipaj qirg‘oqdagi o‘t o‘chirish brigadasi yordami bilan yong‘inni o‘chirganini ta’kidladi. Bortdagi 22 dengizchidan birortasi jarohat olmagan.

Kema egasi dengizga neft oqishi yuz berishi mumkinligini tan oldi, ammo bu ma’lumot hali tasdiqlanmagan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, hozircha tankerdagi neft hajmi portlashdan oldingi ko‘rsatkichga teng.

Noyabr oyi oxirida Saudiya Arabistoni sohillari yaqinida Malta bayrog‘ini ko‘targan yunon neft tankeri portlatilgandi. Bu voqea Yaman bilan chegara yaqinidagi Qizil dengizda sodir bo‘lgan. Kema egasi tankerga hujum uyushtirilgani va ekipaj a’zolaridan hech kim zarar ko‘rmagani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing