Saroy kimniki? Putin Navalniyning filmidagi saroyga izoh berdi

Olam

image

Aleksey Navalniyning “Putin uchun saroy” filmida tasvirlangan Gelenjikdagi hashamatli uy Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va uning qarindoshlariga tegishli emas. Bu haqda Rossiya rahbarining o‘zi “Rossiya-24” telekanaliga berayotgan intervyusida to‘xtalib o‘tdi

Intervyuda qayd etishicha, Putin ushbu filmni ko‘rishga vaqt topmagan. 

“Men ushbu filmni ko‘rmadim. Shunchaki bunday ma’lumotlarni ko‘rish uchun bo‘sh vaqtim bo‘lmaydi. Lekin yordamchilarim olib kelgan videolarni ko‘zdan kechiryapman. U yerda mening mulkim sifatida ko‘rsatilgan hech narsa, na men, na mening yaqin qarindoshlarim tegishli va hech qachon bo‘lmagan. Hech qachon!”, deydi Putin. 

Davlat rahbari ushbu ish ortida turganlar ruslarning miyasini Gelenjikdagi “saroyi” haqidagi mish-mishlar bilan “yuvishga” urinishgan deb hisoblaydi.

“Ushbu ma’lumotlar 10 yildan ortiq vaqt davomida tarqatib kelinmoqda. Endi esa qulay imkoniyat uchun ular hamma narsani bir joyga to‘pladilar va ushbu materiallarning barchasi bilan fuqarolarimizning “miyasini yuvish”ga qaror qildilar, Internetda qandaydir filmlar, video dasturlarni ishga tushirdilar”, deydi davlat rahbari.

Putin talabalarning e’tiborini har qanday ko‘chmas mulkka nisbatan ba’zi hujjatlar,  moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, hech bo‘lmaganda notariusda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerakligiga qaratdi. 

“Bularning barchasi o‘rniga nima? Men kapalak uslubida suzishim fotosuratini joylashtirdilar. Men bu hovuzda umuman bo‘lmaganman. Lekin 2016 yilda Yeniseyda shunday suzganman. Bunday hollarda bu shunchaki kompilyatsiya, montaj. Bizning taniqli personajlarimizdan birining tilidan aytganda: Zerikarli, qizlar! Hech bo‘lmaganda, u yerda yana bir narsa ixtiro qilingan bo‘lar edi”, deydi Rossiya Prezidenti. 

Putin ushbu filmda tilga olingan ba’zi odamlarni bilishini, kimdir do‘sti yoki sobiq hamkasbi, uzoq qarindoshi yoki tanishi ekanligini ta’kidladi. 

“Va men umuman tanimaydigan odamlar bor, men ularni hech qachon ko‘zlarim bilan ko‘rmaganman. Ular bilan tanish emasman. Tushunaman, ular haqiqatan ham menga yaqinlashishni xohlamaydilar, chunki kim mening yonimda paydo bo‘lsa, darhol sanksiya qo‘llaniladi. 

Putin maqolada tanigan odamlar haqida gapirganda, ular biznesni Prezident bilan uchrashishdan ancha oldin boshlaganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1798

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing