Sardor Rahimxon ishtirokidagi ilon aks etgan sahna uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari, “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor Sardor Rahimxon ishtirokidagi video tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda piton iloni xonadonga kirib qolgani aks etgan. Holat yuzasidan Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videodagi ilon turi Namangan viloyatidagi davlat hisobiga qo‘yilgan “Kosonsoy dorbozlari” nomli xususiy hayvonot bog‘iga tegishli. Hayvonot bog‘i direktorining ta’kidlashicha, ilon video olish uchun olib ketilgan va ko‘p o‘tmay qaytarib berilgan. Ushbu ilon sun’iy boqilishi natijasida odamlarga o‘rgatilgan, hech kimga hech qanday zarar yetkazmagan.

Qayd etish joizki, Ekologiya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilgan. Bunda yovvoyi hayvonlardan sirk tomoshalarida foydalanish, jamoat joylarida olib yurish va sayr qildirish, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish, hayvonlardan foydalangan holda foto va video tasvirlarga tushirish, teleko‘rsatuvlarda va boshqa tadbirlarda hayvonlarni namoyish etish maqsadida olib borish yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek, sotish, sovg‘a qilishni taqiqlash ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vaqf ilon Sardor Rahimxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made