Indoneziyada dunyodagi eng uzun ilon topildi (video)
Olam
−
06 Fevral 114180 1 daqiqa
Indoneziyaning Sulavesi orolida topilgan to‘rsimon piton Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun ilon sifatida kiritildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Ilonning uzunligi 7,22 metrni tashkil etadi. Uning vazni esa 96,5 kilogrammga teng. Mutaxassislarning aytishicha, ilonning uzunligi taxminan 7,9 metrga ham yetishi mumkin.
Mazkur piton 2025 yil oxirida Sulavesi orolidagi Maros tumanida tabiatni muhofaza qilish mutaxassislari tomonidan aniqlangan. Ilonga “Barones” deb nom berilgan. Hozirda mahalliy mutaxassis Budi Purvanto uni o‘z qaramog‘ida saqlamoqda.
To‘rsimon piton Osiyoda uchraydigan, zaharli bo‘lmagan ilon turi hisoblanadi. U maymunlar, kemiruvchilar, qushlar va boshqa sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik 90 yoshli o‘qituvchi 67 yillik mehnat faoliyati bilan rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgan edi.
Jamshidbek Amirov
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr