Sardoba suv omborida kichik gidroelektr stansiyasi quriladi
Jamiyat
−
20 fevral 2019
4803Sirdaryo viloyatida Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farhod gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilinadi. Sardoba suv omborida kichik gidroelektr stansiyasi quriladi. Bu haqda kecha, 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Guliston shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, faollar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda so‘z borgan.
Mazkur uchta loyihani amalga oshirish uchun jami 275 million dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilishda davlat rahbari Sirdaryo viloyatining sanoat va xizmat ko‘rsatish salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotgani, qishloq tumanlarda sanoat deyarli yo‘q ekanini qayd etgan. Shu bois maxsus ishchi guruh yuborilib, 342 ta o‘rta va yirik investitsiya loyihalari dasturi ishlab chiqilganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Xitoy, Italiya va Qozog‘istondagi elchilari tomonidan o‘ttizga yaqin loyiha bo‘yicha aniq takliflar shakllantirilgan. Prezidentimiz viloyatga qo‘shimcha investitsiyalar olib kelish, tadbirkorlik tashabbuslarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi yerlari va tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
LiveBarchasi