Sardoba suv ombori: avval va keyin (foto)

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 may kuni sodir bo‘lgan Sardoba suv ombori fojiasi O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi hududlarida suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Ushbu favqulodda holatdan zarar ko‘rgan yerlarning ko‘lamini tasavvur qilish uchun NASA Sardoba suv ombori va unga yondosh hududlarning turli kunlarda sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, suratlar 22 aprel va 8 may kuni olingan. 8 may kuni olingan tasvrida suv omborining sharqiy devori o‘pirilganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, shimolroqda ikki davlat chegarasida katta hudud suv ostida qolgani suratga muhrlangan.

Foto: NASA / 22 aprel

Foto: NASA / 8 may

O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan suv omborining qurilishi 2017 yilda yakunlandi. U mintaqaning qishloq xo‘jaligini sug‘orish uchun 920 million kubometrdan ortiq suvni saqlashga mo‘ljallangan edi.

Dala maydonlariga yetkazilgan zararni payqash uchun, ikki rasmdagi ekin maydonlarining rangiga e’tibor berish kifoya. Hozirda suv chiqishi to‘xtagan. Omborda ham suvning bir qismi qolganini ko‘rish mumkin. Qolgan suv omborning shimoliy hududiga yig‘iligan.


Maqola muallifi

Teglar

NASA Sardoba suv ombori

Baholaganlar

679

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing