Santosda Pele yodgorlik majmuasi ochildi

Sport

image

Joriy yilning 15 may kuni futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni Pele dafn etilgan qabristonda futbolchiga atalgan yodgorlik majmuasi ochildi. Bu haqda “Memorialsantos.com.br” xabar berdi.

Pele maqbarasiga ish kunlarida soat 9:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha borish mumkin. Kirish bepul, ammo buning uchun birinchi navbatda nekropol veb-saytida tashrif vaqtini belgilash kerak.

Futbolchining jasadi bo‘lgan tobut Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng baland vertikal qabriston sifatida kiritilgan Ekumenika nekropolidagi maxsus maqbaraga o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pele 2022 yilning 29 dekabrida San-Pauludagi xususiy klinikada 82 yoshida vafot etgandi, u bir oy oldin saraton oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Braziliyada Pele xotirasi uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Pele Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing