Olise Pelening rekordini yangiladi
Sport
−
19 iyul 3171 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise bir Jahon chempionatida eng ko‘p golli uzatma berish bo‘yicha Pelega tegishli rekordni yangiladi.
Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Mayami shahrida Angliyaga qarshi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda Olise Kilian Mbappega ikki marta — 48 va 66-daqiqalarda golli uzatma berdi.
Bu golli uzatmalardan ikkinchisi Olise uchun joriy mundialdagi yettinchi assist bo‘ldi. Shu tariqa u Pele 1970 yilgi Jahon chempionatida o‘rnatgan oltita golli uzatma rekordini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Maykl Olise Fransiya terma jamoasi bilan 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali va 2024-2025 yilgi UEFA Millatlar ligasining bronza medali sohibi hisoblanadi.
Klublar miqyosida Olise Myunxenning “Bavariya” klubi sharafini himoya qiladi. U mazkur jamoa safida ikki marta Germaniya chempioni, shuningdek Germaniya kubogi va Germaniya superkubogi g‘olibi bo‘lgan.
Live
Barchasi