Harri Keyn Peleni ortda qoldirdi

Sport

image

Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn Jahon chempionatlari tarixidagi gollari soni bo‘yicha Braziliya afsonasi Peleni ortda qoldirdi. Ushbu natijaga u 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahsda erishdi.

32 yoshli hujumchi uchrashuvning 75- va 86-daqiqalarida dubl qayd etib, jamoasiga 2:1 hisobidagi g‘alaba va 1/8 final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Mazkur gollar orqali Keyn Jahon chempionatlaridagi umumiy gollari sonini 13 taga yetkazdi va Pelening 12 gollik natijasini ortda qoldirdi.

Shuningdek, “Bavariya” hujumchisi turnirdagi gollari sonini 5 taga yetkazib, to‘purarlar poygasida 6 tadan gol urgan Lionel Messi va Kilian Mbappedan keyingi uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Avvalroq, Keyn Angliya terma jamoasi tarixida Jahon chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib, Gari Linekerga tegishli rekordni ham yangilagan edi.

Endi Angliya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida mezbonlardan biri – Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing