Neymar faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
09:39 795 1 daqiqa
Braziliyalik hujumchi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng professional futboldagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Braziliya terma jamoasining mundialdan chiqib ketishi Neymarning kelajagiga oid rejalarini o‘zgartirgan. Futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lganini tasdiqlagan va yaqin kunlarda kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qiladi.
Ayni paytda 34 yoshli hujumchining “Santos” bilan shartnomasi joriy yil oxirigacha amal qiladi. Xabar qilinishicha, u hozirda qisqa ta’tilda bo‘lib, shundan so‘ng klub ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Neymar hozirda uchta variantni ko‘rib chiqmoqda: “Santos” bilan hamkorlikni davom ettirish, boshqa klubga o‘tish yoki professional faoliyatini yakunlash. Unga yaqin manbalar futbolchining butsalarini mixga ilishi ehtimolini ham istisno qilmayotgani aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘z faoliyatidagi to‘rtinchi mundialda ishtirok etdi. U turnirda ikki uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Braziliya 1/8 finalda Norvegiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etganidan so‘ng Neymar milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi