Sanoatda eng ko‘p robotlardan foydalanadigan davlatlar reytingi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
25 noyabr
5625Janubiy Koreyada ishchi kuchining 10 foizdan ortig‘ini robotlar tashkil etadi. Bu haqda Xalqaro robototexnika federatsiyasi (IFR)ning statistikasida ma’lum qilindi.
Xalqaro robototexnika federatsiyasi so‘nggi yetti yil ichida butun dunyo bo‘ylab fabrikalarda robotlardan foydalanish ikki baravar ko‘payganligini ko‘rsatgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya ishlab chiqarishda mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan.
Hisobotda aytilishicha, Janubiy Koreya sanoat robotlarining eng yirik foydalanuvchisi (10 000 xodimga 1012 robot) va 2018 yildan beri har yili bu ko‘rsatkich 5 foizga oshgan.
Hisobotga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni Singapur egallagan. U yerda har 10 000 xodimga 770 robot to‘g‘ri keladi. Xitoy kuchli uchlikni yakunlab bergan. Bu yerda har 10 000 xodimga 470 robot to‘g‘ri keladi.
IFR rahbari Takayuki Itoning so‘zlariga ko‘ra, robotlarning zichligi global ishlab chiqarishda avtomatlashtirishni amalga oshirish darajasini ko‘rsatadi.
“Xitoyning avtomatlashtirish texnologiyasiga katta sarmoyasi 37 millionga yaqin ishlab chiqarish ishchi kuchiga qaramay, bunday yuqori robot zichligiga erishdi", degan Ito.
Hisobotda Germaniya va Yaponiya har 10 000 xodimga 439 va 419 robot ko‘rsatkichi bilan reytingda mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan. AQSHda har 10 000 xodimga 295 robot to‘g‘ri keladi, bu ro‘yxatdagi o‘ninchi raqam.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7 noyabr kuni odamsimon robotning birinchi asari – ingliz matematigi Alan Tyuringning portreti Nyu-Yorkda kimoshdi savdosida 1,08 million dollarga sotilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr