Sanksiyalarga qaramay, Markaziy Osiyo bilan aloqalar rivojlanib boryapti – Rossiya TIV
Olam
−
20 may
5546G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi ortib bormoqda. Bu haqda Rossiya TIVning MDH davlatlari uchinchi departamenti direktori o‘rinbosari Sergey Overchenko “Valday” xalqaro munozara klubida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
“G‘arbning noqonuniy sanksiyalariga qaramay, [Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan] o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish mumkin. Mintaqada Rossiya investitsiyalari ham ortib bormoqda, savdoning tarkibiy bazasi resurs bo‘lmagan komponent tufayli kengaymoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Overchenko.
Diplomat, shuningdek, Rossiya mintaqa iqtisodiyotida yuqori ulushga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan va mintaqada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning asosiy iste’molchilaridan biri ekanini qayd etgan.
“Hozirgi sharoitda Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari kuch sinovidan munosib o‘tmoqda, biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston bilan teng huquqlilik, hurmat va ishonch asosida munosabatlarni faol rivojlantirishda davom etamiz. Shu bilan birga, biz iqtisodiy voqelik va o‘zaro manfaatga yo‘naltirilgan ochiq, siyosatsiz hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Irina Rukavishnikova o‘tgan hafta Federatsiya Kengashining O‘zbekiston Oliy Majlisi (parlament quyi palatasi) va Senati (yuqori palatasi) bilan hamkorligi bo‘yicha komissiya yig‘ilishida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik mavjud xavf va tahdidlarga qaramay, turli sohalarda faol rivojlanishda davom etayotganini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi