Sanksiyalar siyosati Markaziy Osiyoga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

Sanksiyalar siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlariga haddan tashqari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ostonada o‘tgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida so‘z ochdi.

“Mojarolar va urushlar, umuman, global miqyosdagi beqarorlik va vaziyat qaysi tomonga o‘zgarishi noaniq bo‘lib qolayotgani, sanksiyalar siyosati, proteksionizmning kuchayishi va boshqa ko‘plab omillar mamlakatlarimizga haddan tashqari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, milliy islohotlarimizni amalga oshirishda jiddiy sinovga aylanmoqda”, degan Mirziyoyev.

Shuningdek, Mirziyoyev so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan chuqur, fundamental o‘zgarishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Biz ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘ydik, chegara, suv, energetika, savdo, tranzit bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni mustaqil hal qilyapmiz”, deydi O‘zbekiston yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 9 avgust kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatayotgani, an’anaviy savdo va transport zanjirlari buzilgani, mintaqa sanksiyalar siyosatining asiriga aylangani, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshgani, inflyatsiya bosimi kuchaygani va jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarib, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlar paydo bo‘layotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyo Sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made