Sanksiyalar bosimi – bu bugungi kun haqiqati – Lukashenko SHHT sammitida
Olam
−
14:24 576 2 daqiqa
Axborot, diplomatik, moliyaviy-iqtisodiy va boshqa sanksiyalar bosimi – bu bugungi kun haqiqati. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Bishkekdagi “Iris Ordo” kongress-xollida SHHTga a’zo davlatlar davlat boshliqlari kengashining majlisida so‘z ochdi.
“Global nizolar ortib borayotgan bir sharoitda SHHTning shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyo tartibotining Yevrosiyo markazi sifatidagi nufuzini mustahkamlash va amalda tasdiqlash, tashkilotning o‘zida ishning har bir asosiy yo‘nalishi bo‘yicha jipslikni ta’minlash muhimdir”, deydi u.
Lukashenkoning aytishicha, ushbu sohadagi tahdidlar ortib bormoqda. Axborot, diplomatik, moliyaviy-iqtisodiy va boshqa sanksiyalar bosimi – bu bugungi kun haqiqatidir. Dunyo qudratlilarining arsenalida endilikda faqat rangli inqiloblar va gibrid ta’sir ko‘rsatish texnologiyalarigina emas, hozirgi vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri ommaviy harbiy agressiya namoyishkorona qaytib keldi.
“Bunday tahdidga bizning javobimiz Yevrosiyoda yangi xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish, umumiy ishonch va hamkorlik maydonini yaratish bo‘lishi kerak”, deydi Lukashenko.
Shuningdek, uning aytishicha, birgalikdagi tashabbuslar aniq natijalar berishi, xalqlar farovonligini mustahkamlashi va davlatlarning jipslashishiga xizmat qilishi kerak.
“Biz sifatga o‘tadigan va keng ko‘lamli amaliy tashabbuslarga olib keladigan uchrashuvlar sonini kutmoqdamiz”, deydi Belarus yetakchisi.
Lukashenko, shuningdek, SHHT Taraqqiyot bankining tezroq tashkil etilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni olqishlagan.
“Belarus tashkilotning yagona, ochiq va xavfsiz raqamli makonini tezroq yaratish tarafdori. Axborot xavfsizligi, raqamli rivojlanish va sun’iy intellektdan foydalanish sohasida tajriba almashish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni ishga tushirishni taklif etamiz”, deydi Aleksandr Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusida tashkil etilayotgan Sun’iy intellektni qo‘llash sohasida Xitoy – SHHT hamkorlik markazi bunday almashinuvlar uchun xabga aylanishi mumkin.
Shuningdek, Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, SHHTning YeOII, MDH, KXSHT, ASEAN, Afrika ittifoqi va BRICS kabi boshqa birlashmalar bilan aloqalarini kengaytirish zarur. Hamkorlikning turli formatlarini uyg‘unlashtirish Shanxay hamkorlik tashkilotining global ishtirokchi sifatidagi rolini oshirishga yordam beradi.
Live
Barchasi